ПЕРЕЛІК ДИСЦИПЛІН:
  • Адміністративне право
  • Арбітражний процес
  • Архітектура
  • Астрологія
  • Астрономія
  • Банківська справа
  • Безпека життєдіяльності
  • Біографії
  • Біологія
  • Біологія і хімія
  • Ботаніка та сільське гос-во
  • Бухгалтерський облік і аудит
  • Валютні відносини
  • Ветеринарія
  • Військова кафедра
  • Географія
  • Геодезія
  • Геологія
  • Етика
  • Держава і право
  • Цивільне право і процес
  • Діловодство
  • Гроші та кредит
  • Природничі науки
  • Журналістика
  • Екологія
  • Видавнича справа та поліграфія
  • Інвестиції
  • Іноземна мова
  • Інформатика
  • Інформатика, програмування
  • Юрист по наследству
  • Історичні особистості
  • Історія
  • Історія техніки
  • Кибернетика
  • Комунікації і зв'язок
  • Комп'ютерні науки
  • Косметологія
  • Короткий зміст творів
  • Криміналістика
  • Кримінологія
  • Криптология
  • Кулінарія
  • Культура і мистецтво
  • Культурологія
  • Російська література
  • Література і російська мова
  • Логіка
  • Логістика
  • Маркетинг
  • Математика
  • Медицина, здоров'я
  • Медичні науки
  • Міжнародне публічне право
  • Міжнародне приватне право
  • Міжнародні відносини
  • Менеджмент
  • Металургія
  • Москвоведение
  • Мовознавство
  • Музика
  • Муніципальне право
  • Податки, оподаткування
  •  
    Бесплатные рефераты
     

     

     

     

     

     

         
     
    Історія Бахтієр
         

     

    Історія


    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

    JAHON IQTISODI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

    "SIYOSATSHUNOSLIK" KAFEDRASI

    Mavzu: Birinchi jahon urushi davrida xalqaro munosabatlar

    Tayyorladi: Sultonov BN3-1a-00, XM

    Tekshirdi: Tfd, prof., Farmonov RF

    TOSHKENT-2003

    Mundarija

    1. Kirish 3
    2. Urushning sabablari 4
    3. Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari 5
    4. Germaniyaning bosqinchilik rejalari 7
    5. 1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar 8
    6. Bolgariyaning urushga qo'shilishi 12
    7. Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya 14
    8. Birinchi jahon urushining yakunlanishi 17
    9. Xulosa 18
    10. Foydalanilgan adabiyotlar 19

    Kirish

    XIX asr oxiri - XX asr boshlarida keskinlashgan dunyoni qaytadanbo'lib olish uchun bo'lgan kurash Evropa davlatlarining ikki guruhishakllanishiga olib keldi.Birinchi guruhda Germaniya boshchiligidagi Avstro-
    Vengriya, Turkiya va Bolgariya bor edi. Ikkinchi guruhga esa Angliya,
    Franciya, chor Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq unga Italiya, Amerika Qo'shma
    Shtatlari va boshqa davlatlar qo'shildilar.

    Davlatlarning mazkur ikki guruhi o'rtasida mustamlakalarni bo'libolish, ta'sir doiralarini qaytadan taqsimlash va XX asr boshlarida vujudgakelgan kuchlarning yangicha o'zaro nisbatiga mos ravishda yangi jaxontartiblarini qaror toptirish uchun kurash borar edi. Bu shiddatli vaayovsiz kurashning o'ziga xos xususiyati shunda ediki, u milliy manfaatlaruchun emas, balki hali bo'lib olinmagan yerlarni qo'lga kiritish uchunintilayotgan yirik sarmoya egalarining manfaati uchun olib borilmoqda edi.
    Bu - dunyoni qaytadan bo'lib olish, ulkan daromad va jahon bozorida alohidaimtiyozlarga ega bo'lish uchun kurash edi.

    1914 yil yozida Germaniya qayta qurollanish bo'yicha Antantamamlakatlarini, harbiy tayyorgarlik bo'yicha Rossiya va Franciyani ortdaqoldirdi. Mamlakat armiyasini jangovor holatga keltirish rejasi 1914 yil 31martdayoq tayyorlab qo'yilgan edi. Bu narsa Germaniyaga juda qo'l kelaredi. Chunki uo'z raqiblaridan ustunlikka erishgan va urushni boshlashuchun eng qulay vaziyat edi. Ushbu ustunlik ham birinchi jahon urushiningtezlashishiga sabab bo'ldi.

    Avstriya imperatori Franc-Iosif (1830-1916) ancha keksaygan vahayotining so'nggi kunlarini o'kazmoqda edi. U mamlakatning so'nggipodshoxi bo'lib, deyarli 60 yil hukmronlik qilgan va avtoritar, yakkahukmronlik davlati tarafdori edi. Avstro-Vengriya siyosiy hayotida uningjiyani, taxt vorisi - ercgercog Franc-Ferdinandning ahamiyati katta edi. U
    Serbiyani tor-mor qilish va bosib olish rejalarini tuzayotgan harbiypartiyaning rahbari edi. 1914 yil iyun oyi so'ngida Franc-Ferdinand
    Serbiyaga bostirib kirishga hozirlik ko'rayotgan Avstriya qo'shinlariniko'rikdan o'tkazish uchun Bosniyaga borishga qaror qiladi.

    Sarayevo shaxri bo'ylab sayohati chog'ida Franc-Ferdinand va uningxotini serb armiyasi oficerlaridan tuzilgan "Qora qo'l" tashkilotia'zolari tomonidan o'ldiriladi.
    Berlin va Vena uchun xuddi shunday bahona kerak edi. Boshqa vaziyatdanizoni balki diplomatik yo'l bilan hal qilsa bo'lar edi, ammo sodir bo'lganbu voqea Germaniya va Avstro-Vengriya uchun qulay paytda urushni boshlashimkoniyatini tug'dirdi. Berlinda Rossiya hali urushga tayyor emasliginibilsalar-da, Rossiya o'zining imkoniyatlarini safarbar qila olishini vaittifoqchilar topa olishini ham yaxshi anglar edilar.

    Avstro-Vengriya hukumati Germaniya hukumati bilan maslahatlashib, 1914til 23 iyulda Serbiyaga ultimatum berdi. U o'zini hurmat qiladigan hechbir davlat qabul qila olmaydigan qo'pol va keskin uslub bilan bitilgan edi.
    Berlin va Venadagilar xuddi shunday bo'lishiga umid bog'lagan edilar.
    Rossiyaning Avstro-Vengriya va germaniyani tinchlantirishga urinishlaribehuda ketdi. Jang shiddat bilan yaqinlashib kelar edi. Urush bombasi
    Yevropada, uning portlovchi o'zagi esa Sarayevoda edi. Bu bomba malgamportladi. 1914 yil 29 iyulda Rossiya imperatori Nikolay II harbiysafarbarlik haqidagi buyruqni imzoladi. 1 avgust kuni ham Germaniyasafarbarlik e'lon qildi va shu kiniyoq Rossiyaga urush ochdi. Rus-germanurushi boshlandi. 1914 yil 3 avgustda Germaniya Franciyaga urush e'lonqildi. 4 avgustda esa Angliya Germaniyaga urush e'lon qildi. Urushg'ildiragi shiddat bilan aylanib ketdi. 1914 yil 23 avgustda Yaponiya
    Germaniyaga urush elon qildi va uning Xitoydagi bir qator yerlarini,shuningdek, Tinch okeanidagi Germaniyaga qarashli bo'lgan bir qanchaorollarini bosib oldi. Turkiya kutilganidek Germaniyani qo'llab -quvvatladi.1914 yil 22 iyulda Turkiya harbiy vaziri shu haqda malgamberdi. 1914 yil 2 noyabrda Rossiya, 5 va 6 noyabrda esa Angliya va Franciya
    Turkiyaga urush e'lon qildi. Nihoyat uzoq kelishuvlardan so'ng 1915 yil
    23 mayda Italiya Avstro-Vengriyaga urush e'lon qildi. Shu tariqa birinchijahon urushi boshlanadi.

    Urushning sabablari
    Urushning eng asosiy sabablari bu - Yevropa davlatlarining ikki harbiy -siyosiy guruhi - Antanta va Uchlar ittifoqi o'rtasida dunyoni qaytadanbo'lib olish uchun kurash va jahon bozorida ta'sir doiralarini qaytadanbo'lib olish, yangi yerlar zabt etish uchun kurash edi.
    Har bir urushayotgan davlatning ma'lum bir maqsadi bor edi. Germaniyaningasosiy maqsadi Angliya va Franciyaning mustamlakalarini bosib olish,
    Franciya va Rossiyani kuchsizlantirish, Yevropa va Osiyoda (Sharqiy O'rta
    Yer dengizi mamlakatlari, Turkiya) o'z hukmronligini o'rnatish edi.

    Avstro-Vengriya - Bolqonda ta'sir doirasini kengaytirish, zulmostidagi slavyan xalqlarining milliy-ozodlik harakatini bostirish;

    Angliyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish, uningmustamlakalarini bir qismini bosib olish, Usmoniylar imperiyasini bo'lishedi.

    Franciyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish Germaniyaning
    Elzas va Lotaringiya, Saar viloyatlarini, Reyn viloyatining bir qisminiqaytarib olish;

    Rossiyaning asosiy maqsadi Bolqonda va Bosfor hamda Dardanelbo'g'ozlarida o'z hukmronligini o'rnatish, Germaniyani kuchsizlantirish,
    Avstro-Vengriyaning Bolqondagi hukmronlik havfini bartaraf etish;

    Italiyaning asosiy maqsadi Afrika va Bolqonda yangi hududlar egallashedi.

    Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari

    Hali urush boshlanishidan ko'p vaqt o'tmay, Antanta davlatlario'rtasida kelajak o'ljani qay tarzda bo'lib olish haqida muzokaralarboshlanib ketdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov ittifoqchidavlatlarlar elchilari Paleolog va Byukenenga dunyoni urushdan keyenbo'lish rejalarini topshirdi. Bu dastur Germaniya va uning ittifoqchilarinito'la mag'lubiyatga uchratishni ko'zda tutar edi. Uning mazmuni quyidagichaedi:

    1) Ittifoqchilarning eng asosiy maqsadi Germaniyaning harbiy qudratinisindirishdan iborat; 2) hududiy o'zgarishlar faqat milliy asosdao'tkazilishi lozim; 3) Rossiya ixtiyoriga Nemanning quyi oqimi va Sharqiy
    Galiciya o'tishi kerak edi; Poznan, Sileziya va G'arbiy Galiciya Polshagao'tishi kerak edi (uni Rossiyaga qaram davlat sifatida tiklash mo'ljallanganedi); 4) Franciyaga Elzas-Lotaringiya qaytarib berilar, Reyn viloyati va
    Palatinatning bir qismi berilar edi; 5) Belgiyaning hududi Germaniyahisobiga kengaytirilar edi; 6) Shlezvig va Goldshtein Daniyaga qaytaribberilar edi; 7) Prussiya tomonidan 1866 yil anneksiya qilingan Gannoverqirolligi qayta tiklanishi kerak edi; 8) Avstro-Vengriya uch davlat -
    Avstriya, Vengriya va Chexiyadan iborat monarxiyaga aylantirilishi lozimedi; 9) Serbiyaga Bosnia, Dalmaciya, Gercegovina va Shimoliy Albaniyaberilishi kerak edi; 10) Serb makedoniyasi Bolgariga berilishi kerak edi;
    11) Valona Italiyaga, Janubiy Albaniya Greciyaga berilar edi; 12) Germanmustamlakalari Angliya, Franciya va Yaponiya o'rtasida bo'lib olinishikerak edi; 13) Germaniya va Avstriyadan kontributciya undirib olinishi kerakedi.

    Bu dasturdan ko'rinib turibdiki Rossiya asosan o'ziningmanfaatlaridan kelib chiqqan holda bu masalaga yondoshgan. 26 sentyabrda
    Rossiya qo'shimcha talab bilan chiqdi. U Rossiya kemalariningbo'g'ozlardan erkin, hech qanday to'siqsiz kechishini ko'zda tutar edi.
    Lekin rus hukumati Turkiya hududini bosib olish davo'larini hali qilmaganedi.

    Turkiyani bo'lib olish masalasini ilk bor ingliz diplomatiyasi ilgarisurdi. Sazonovning dasturiga o'z munosabatlarini bildira turib, Angliyatashqi ishlar vaziri Grey: "Agar Turkiya Germaniyaga qo'shilsa, bu davlatbarham topishi kerak "- dedi. U tinchlik dasturiga german flotinigtopshirilishi, Kil kanalining neytrallashtirish, Italiya va Ruminiyaningmanfaatlari hisobga olinish kabi qo'shimchalar qo'shilshi kerakliginita'kidladi. Lekin Grey Franciyaga Reyn viloyati berilishiga qarshi chiqdi.
    Shunday qilib urushning dastlabki kunlaridan ittifoqchilar o'rtasidamustamlakalar borasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi.

    Turk merosini bo'lib olish borasida 1914 yilning o'zidayoq diplomatikkurash avj oldi. Ruslar uchun Turkiyaga zarba berishning eng qulay yo'li
    Erondan, turklarning o'ng qanotini aylanib o'tib zarba berish edi. Inglizhukumati bunga yo'l qo'yishni istamas edi. Grey rus elchisi Bekkendorfbilan suhbatida uni shu narsaga ishontirishga harakat qilar ediki, rushukumati Eron hududidan Turkiyaga qarshi urushda foydalanmasligi kerakedi. Uning fikricha Rossiya o'z kuchlarini german frontidan chalg'itmasligikerak edi. Germaniya bilan kurash Turkiya bilan urushning natijasini halqilar edi. U agar Germaniya mag'lubiyatga uchratilsa,
    Konstantinopol (Istanbul) va bo'g'ozlar masalasi Rossiya foydasiga halqilinishini takidlaydi.

    Oradan ko'po'tmay Greyning fikrini Angliya qiroli Georg V ta'kidladi.
    Lekin 1914 yil 14 noyabrda rus hukumatiga yuborilgan rasmiy notadabirinchi o'rinda Rossiya bor kuchini german frontiga yuborishi, turkfrontida esa faqat mudofaa bilan cheklanish kerakligi haqida gapirilaredi. Bo'g'ozlar va Stambul masalasi esa Rossiya roziligi bilan yechilishikerakligi ta'kidlanar edi. Bu nota uncha ham ishonchli emas edi.

    G'arbiy frontda qiyin vaziyat yuzaga kelgani sababli ittifoqchilarqo'mondonligi dushmanni yengish uchun boshqa malgamc yo'l izlayboshladilar. 1915 yil 25 fevralda ingliz va francuz kemalari Dardanelbo'g'ozi kiraverishida joylashgan fortlarni o'qqa tuta boshladilar.Dardaneloperaciyasi muvaffaqiyat qozonishiga ishonib, Greciya bosh vaziri Venizelos
    Greciya Antanta tarafida urushga kirishi va Dardanel bo'g'oziga desant vaflot yuborishga tayyor ekanligini aytdi. Chor hukumati bundan judahadiksiradi va Konstantinopol greklar qo'liga o'tib ketishidan qo'rqib
    Greciyaning urushda qatnashishiga keskin norozi bo'ldi.

    Lekin Greciya qiroli Konstantin Germaniyani qo'llab-quvvatlar vaneytralitet tarafdori edi. U 1915 yil 6 martda Venizelosni iste'fo berishgamajbur qildi. Greciya neytral bo'lib qoldi.

    Agar Dardanel operaciyasi muvaffaqqiyat qozonadigan bo'lsa,bo'g'ozlar ustidan nazorat Angliya va Franciya qo'liga o'tar edi. Angliyava Franciya Rossiyaga berilgan va'da, yani Dardanel va Bosfor bo'g'ozlarihamda Konstantinopolni berishni biror bir rasmiy hujjat bilanmustahkamlashga shoshilmas edilar.

    Germaniyaning bosqinchilik rejalari

    Germaniyaning bosqinchilik rejalari o'z darajasiga ko'ra Antantadavlatlarining rejalaridan ham kengroq edi.German hukmron doiralari dunyonitubdan o'zgartirishni talab qilar edilar. German hukmron doiralari orasidapaydo bo'lgan ikki hujjat diqqatga sazovor: oltita eng yirik Germaniyaiqtisodiy tashkilotlari chiqargan memorandum va olimlar memorandumi. Oltieng yirik iqtisodiy tuzilmalar memorandumi quyidagilarni nazarda tutar edi:ingliz, francuz, belgiyaliklar va boshqa davlatlarning mustamlakalarinibosib olish; Antanta davlatlari bo'yniga reparaciyalar yuklash; Belgiyaustidan protektorat o'rnatish; Franciyaning La-Manshdan Somma daryosigachabo'lgan hududlarini qo'shib olish; temirga boy Brieyni, Verden, Vogez va
    Belfor qasrlarini bosib olish. Shu bilan birga ushbu hududlarda bosibolingan yirik va o'rta yer mulklarni musodara qilish va ularni nemisoficerlari qo'liga berish ko'zda tutilgan edi. Haqiqiy yer egalariningzararlari esa Franciya hisobiga qoplanar edi.

    Yevropaning sharqida ham yirik hududlarni Rossiya hisobiga qo'lgakiritish ko'zda tutilgan edi. Hujjat tuzivchilarning fikricha urushdanso'ng sanoatning rivojlanishi uchun yirik agrar baza kerak bo'laredi.Shuning uchun ulkan yer resurslari talab qilinar edi. Yuqoridakeltirilgan hujjat o'sha paytda paydo bo'lgan minglab shu kabi hujjatlardanbiri bo'lib, ularning ba'zilari matbuotda e'lon qilinar, ba'zilari faqathukmron doiralar uchun mo'ljallangan edi.

    Germaniyaning hukmron doiralari buyuk davlatchilik shovinizmi bilanmast edilar va butun dunyoda Germaniya hukmronligini o'rnamoqchi edilar.
    Ammo o'zlarini ko'klarga ko'tarib maqtaydigan ba'zi kishilardan farqlio'larog Germaniyaning o'sha paydagi kancleri Betman-Goltbeg ehtiyotkorsiyosat tutdi va o'z chiqishlarida Germaniya bosqinchilik urushi olibbormasligini ta'kidlar edi.Ammo haqiqatda esa u juda katta hududlarni
    Germaniya qo'l ostida birlashtirishga qaror qilgan edi.

    1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar

    Germaniya qo'mondonligi harbiy harakatlar rejasiga muvofiq 4 avgustkuniyoq Belgiyaga asosiy hujumni boshladi.Bu yerda mudofaani yorib o'tishva Yevropaning hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan sanoat rayonlarini egallab,bir hamla bilan urushni yakunlash nazarda tutilgan edi. Germaniya qurollikuchlari shiddatli hujum natijasida bir necha hafta mobaynida deyarlijangsiz Belgiyani bosib o'tdilar va Franciya hududiga kirib, Sena daryosiirmog'i bo'lgan Marna sohillariga chiqdilar.1914 yilning 5-12 sentyabrkunlari Marna bo'yida francuz va nemis qo'shinlari o'rtasida og'ir janglerbo'lib o'tdi. Unda nemis qo'shinlari mag'lubiyatga uchradilar.

    Sharqiy Prussiyada rus askarlarining hujumga o'tganligi nemisqo'shinlarining mag'lubiyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi. Rusarmiyasining hujumi dastlab muvaffaqiyatli boshlandi. U Galiciyani egallab,
    Sharqiy Prussiya hududiga yorib kirdi.Germaniya qo'mondonligi rusqo'shinlarining hujumini qaytarish uchun askarlarining bir qismini Marnabo'yidan Prussiyaga tashlashga majbur bo'ldi.

    1914 yil oktyabr oyida turkiyaning urushga kirishi munosabati bilan
    Kavkazorti, Mesopatamiya, Suriya va Falastinning sharqiy chegarasidayangi frontlar vujudga keldi. Ammo turk armiyasi urushga tayyorbo'lmaganligi sababli Kavkazortida rus qo'shinlaridan bir qator og'irmag'lubiyatlarga uchradilar.

    1915 yil 23 mayda Italiya Antantaga qo'shildi, o'sha yil oktyabr oyidaesa Bolgariya Germaniya-Avstriya ittifoqiga qo'shildi.

    Marna bo'yidagi janglarda mag'lubiyat alamini tortgan ittifoqchiqo'shinlar Germaniyaning sherigi Turkiyani urushdan chiqarish uchundengizda bir qator operaciyalarni malgam oshirdilar. 1915 yil fevral oyidaingliz - francuz floti Turkiyaning Dardanel bo'g'ozidagi istehkomlarnibombalashga kirishdi. Ammo bu hujumlar ko'zlangan natijani bermadi. Buoperaciya davomida 200 mingdan ortiq kishi halok bo'ldi va yaralandi.
    Natijada ana shu hamla tashabbuskori, Angliya harbiy flotining birinchilordi Uinston Cherchill vazifasidan chetlashtirildi.Shundan keyen uningsiyosiy faoliyatida 25 yil tanaffus bo'ldi.

    Shu bilan faol jangovor harakatlar to'htab qoldi. Butun yil davomidamantiqsiz turg'un urush davom etdi. Tomonlardan hech biri vujudga kelganvaziyatni buzishni istamas edi. Lekin, diplomatlar faol ish olib bordilar.

    Dardanell operaciyasining boshlanishi munosabati bilan Rossiya tashqiishlar vaziri Sazonov ittifoqchilardan rasmiy majburiyat, yani Turkiyaatrofidagi bo'g'ozlarni berishni talab qildi. U agar Rossiyaningittifoqchilari o'z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsalar u istefoberishga majbur bo'lishini aytdi. Bu shuni anglatar ediki uni Germaniyabilan ittifoqchi bo'lish tarafdori bo'lgan kishi bilan almashtirishlarimumkin edi.Ba 'zi bir ma'lumotlarga ko'ra o'sha paytda rus podshosi saroyidaqirolicha boshchiligida nemis saroyini qo'llab quvatlovchi katta firqamavjud bo'lgan.

    1915 yil 12 martda Angliya rasmiy nota orqali Konstantinopol va ungatutashgan hududni, Bosfor va Marmar dengizining g'arbiy qismini, Gallipolyarim orolini, Janibiy Frakiyani Rossiyaga berishini tasdiqladi. Lekin
    Rossiya bu hududlarni faqatgina Angliya va Franciya Turkiyaning Osiyodagimustamlakalarni bosib olsalargina, egalik huquqini olar edi. Rossiyaningqo'liga bo'g'ozlar o'tishi evaziga Angliya Eronning neytral deb e'lonqilingan hudidini olishi kerak edi.Bu esa Angliya qo'liga cheksiz neftzaxiralarining o'tishiga olib kelar edi.

    Franciya esa Turkiyaga juda katta investiciyalar kiritgan edi. Shuninguchun Turkiyani bo'lib tashlash rejasiga Franciya salbiy munosabatbildirgan edi.Ammo Turkiyaning Osiyodagi yerlaridan katta ulush olishinimo'ljallagan Franciya hukumati 10 aprel kuni ingliz-rus shartnomasishartlariga rozi bo'ldi.

    Dardanel bo'yidagi operaciyaning barbod bo'lishi Antantaittifoqchilarini G'rbiy frontdagi jangovor harakatlarga qaytishga majburqildi. Germaniya ham Franciya hududida hal qiluvchi jangga kirishishni vauning qarshiligini sindirishni rejalashtirdi. Germaniya bosh shtabi
    Franciyaga uning eng mustahkam mavqei - Verden qal'asi orqali hujumuyushtirishga ahd qildi. 1916 yil 21 fevralda germaniyaning 5-armiyasiulkan harbiy operaciyani boshladi. Hujumdan oldin francuz istehkomlarito'plardan shiddatli o'qqa tutildi. Krupp zavodlarida tayyorlangan va uningqizi Berta nomi bilan "Katta Berta" deb atalgan o'ta kuchli to'plar bilanjami 850 ta og'ir to'p ishga tishdi. Jangda Evropaning eng qudratli ikkiarmiyasi yuzma-yuz keldi. Milliy g'urur tuyg'usi junbushga keldi.Franciyaqo'mondonligi bir qadam ham chekinmaslikka buyruq berdi, askarlar so'ngginafaslarigacha jang qildilar.Verden Franciyaning va francuz armiyasiningruxini ko'tardi. Verden ostonalaridagi jang 1916 yil 21 dekabrgacha davometdi va ikkala tomonga ham katta talafotlar keltirdi. Franciya va Germaniyabu yerda 700 mingdan ortiq askar yo'qotdi.

    Verden jangining yakunida Rossiya armiyasi katta rol o'ynadi. Buyerdagi janglarning hal qiluvchi bosqichi general Brusilovqo'mondonligidagi rus armiyasining Janubiy-G'arbiy frontga hujum boshlashiva Avstriyaning 1,5 millonga yaqin askar va zobitini yo'q qilishi bilanyakunlandi.Shundan so'ng Avstro-Vengriya amalda jangovor harakatlar qilishqobiliyatini yo'qotdi, Germaniya esa tezda bu frontga o'zining asosiyzaxira kuchlarini tashlashga majbur bo'ldi.

    Verden ostonalarida jang davom etayotgan bir paytda Antantaittifoqchilari Somma daryosi bo'yida Verdendan 250 km va La-Manshdan 90 kmbo'lgan ingliz mudofaa sektorida hujum boshladilar. Britaniya to'plarideyarli etti kun davomida german qo'shinlarini o'qqa tutdi.1916 yil 1iyulda Britaniya ko'ngilli askarlari hujumga tashlandilar.Ularning soni
    100 mingdan ortiq edi, ammo inglizlarning hujumi yerga chuqur ko'milgannemis pulemetlarining shiddatli o'tiga duch keldi. Nemislarning talafotiko'p edi, ammo inglizlar ham jami o'lganlar va yaralanganlar bilan 50mingdan ortiq kishini yo'qotdilar. Bu mantiqsiz qonli qirg'inda hechqaysi tomon muvaffaqiyatga erisha olmadi.

    1916 yili Yevropada hammasi bo'lib 2 milliondan ortiq kishi halokbo'ldi, ammo urushda o'zgarish bo'lmadi. Germaniya va Avstro-vengriya moddiymanbalari yugab borardi. Ingliz flotining ustunligi sababli dengiztomonidan qilingan qamal nihoyatda samarali bo'ldi. Qamal tufayli Germaniyaoziq-ovqat va malgamc xom-ashyolarning o'zidagi zaxiralari bilankifoyalani9shga majbur bo'ldi. Bu esa surunkali urush olib borish uchunyetarli emas edi. Antantaga esa AQSh yordam berar va uo'z mustamlakalarimanbalaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega edi.

    Rossiyadagi ahvol juda og'ir edi. Uning hom - ashyosi va insonmanbalari yetarli bo'lsa-da, iqtisodiy qoloqlik ulardan samaralifoydalanish imkonini bermas edi. Transport tizimining tamomila izdanchiqqanligi, harbiy idoralardagi o'g'rilik, harbiy-siyosiy va iqtisodiytuzulmalarning eskirgan tizimi va tartibsizliklar Rossiyani iqtisodiy vasiyosiy inqiroz eshigiga olib keldi.

    Bolgariyaning urushga qo'shilishi

    Italiyaning siyosiy orientaciyasi va Uzoq Sharqdagi kurash bilan birga
    Bolqon uchun kurash ham avj olib ketdi.Bu yerda Bolgariyaning ahmayatikatta edi. Birinchidan Bolgariya eng katta armiyaga ega edi. Ikkinchidano'zining qulay geografik yerda joylashganligi sababli u ham Serbiyaga, ham
    Greciyaga va Ruminiyaga qulay hijum qilish uchun placdarm edi.Agar
    Bolgariya Germaniya tarafida urushga kirsa, u holda Serbiya zarba ostidaqolar edi va Ruminayaning Antantaga kirishinni qiyinlashtirar edi.Agar
    Bolgariya Antantaga qo'shilsa, u holda serbiya uchun yordam taminlanar ediva Greciya va Ruminiya Bolgariyadan namuna olar edilar.

    Shunday qilib 1914 yildagi urush holatida Bolgariya butun Bolqon yarimorolining kalitiga aylandi.Shuning uchun urushayotgan davlatlar urushningdastlabki kunlaridan bolgariyani o'ztaraflarida urushni boshlashga harakatqildilar.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov shuning uchun ham
    Bolgariyani Rossiya tarafiga og'dirish uchun ko'p zo'r berdi. Antanta
    Bolgariya bilan kelishuvga faqat bir holda erishishi mumkin edi.Bu hambo'lsa Serbiya va Greciyani 1913 yil Bolgariyadan tortib olgan hududlarniqaytarib berishga ko'ndirish edi.Sazonov 1914 yil avgust oyidan boshlabserb va grek hukumatlariga Bolgariyaga ba'zi bir yon berishlarga borishiniso'rab murojaat qilgan edi. Ammo Greciyadan buni so'rash mantiqqa to'g'rikelmas edi.Bu narsa faqat Greciya qiroli boshchiligidagi Germaniyatarafdorlari poziciyalarini mustahkamlar edi.Qolaversa Greciya Bosh vaziri
    Venizelos Antanta tarafdori bo'lsa-da, Greciya urushga o'zining ashaddiydushmani bo'lgan Bolgariga hududiy yon bosishlar evaziga kirmasligi aniqedi.

    Antantaning Serbiyadan umidi katta edi.serbiya urushga kirgan edi. Vaneytral Greciyaning axvoliga ko'ra uning axvoli qiyinroq edi.serbiya boshvaziri Pashich Bolgariyaga serb Makedoniyasini berishga qaror qildi, buningevaziga agar Antanta g'alaba qozonadigan bo'lsa, Serbiya Avstriyagategishli bo'lgan bir qator janubiy slavyanlar yashaydigan hududlarni olishikerak edi.Ammo bunday noaniq vadalar bilan Bolgariyani ko'ndirish judaqiyin edi.Bolgariya Antanta tarafida urushga kirishi uchun makedoniyanitalab qilayotgan edi.Bunga serblar "Makedoniyaning bir qismini bolgarlargaberguncha, butun Serbiyani Avstriya bergan maqul "deb javob berdilar.

    Germaniyaning Bolgariyadagi ta'siri juda katta edi.qirol Ferdinandularning tatafida edi.Urushning birinchi kunlaridanoq Germaniya va Avstriya
    Bolgariyani Serbiyaga hujum qilishga undab kelayotgan edi.Germaniya vauning ittifoqchilari Bolgariyaga butun Makedoniyani, eski Serbiyani vaagar Ruminiya Antantaga qo'shilsa, Janibiy va Shimoliy Dombrudjani berishgavada berdilar.Ammo Bolgariya hali urushga tayyor emas edi. Bolgariyaneytral vaziyatda qolishni afzakl topdi.

    Bolgariya uchun bo'lgan kurashning natijasini harbiy vaziyatningo'zgarishi hal qildi. Dardanel operaciyasining mag'lubiyatga uchrashi, rusarmiyasining sharqiy frontdagi og'ir mag'lubiyati va Avstriya va Germaniyaqo'shinlarining Serbiyaga qarshi katta qo'shin yuborishi ham bolgar hukmrondoiralarining qo'rquvini bosdi. Qirol Ferdinand va uning tarafdorlarikatta o'ljalar vada berayotgan, ammo Bolgariya uchun havfli bo'lgan
    Germaniya tarafida urushga kirishga qaroq qildilar.1915 yil 3 sentyabr kuni
    Turkiya - Bolgariya, 6 sentyabr kuni esa Bolgariya, Germaniya va Avstro-
    Vengriya o'rtasida o'zaro ittifoqchilik to'g'risida shartnoma imzolandi.
    Shunday qilib "To'rtlat ittifoqi" tuzildi.

    Greciya borasida ham qiyinmasala turar edi.U kim tarafida urushadi?
    Germaniya tarafidami yoki Antanta? 1915 yil avgustda Greciya parlamentigasaylovlar natijasida hukumat tepasiga yana Venizelos keldi. O'sha yilisentyabrda Bolgariyaning Serbiyaga hujum qilish xavfi tug'ilganda grekbosh vaziri Serbiyaga yordam berishi haqida aytdi, lekin buning uchunittifoqchi davlatlar Salonikiga 150 ming kishilik armiyani jo'natishlarikerak edi.

    Franciya va Angliya Venizelosning ushbu taklifini qabul qildilar. Ammofrancuz qo'mondoni Joffer bunga qattiq qarshilik ko'rsatdi. Aytilganqo'shinga 22 ming kishi yetmas edi.Greciya bilan ittifoqchilar o'rtasidamuzokaralar olib borilayotgan vaqtda grek qiroli ikkinchi marta Venizelosni lavozimidan ozod etdi va Greciya yana o'z neytralitetini e'lonqildi.Salonikiga hali bor yo'g'i 80 ming kishilik armiya tashlangan edi.
    Bundan foydalangan Bolgariya qo'shinlari 14 oktyabr kuni Serbiyaga hujumqildi. Bir paytning o'zida shimol tarafdan Avstro-Vengriya va Germaniyaqo'shinlari hujumga o'tdi. Ittifoqchilarning Salonikidagi qo'shinlari
    Serbiyani qutqarib qola olmadi.Serbiya armiyasi to'la mag'lubiyatga uchradiva uning qolgan qutgan qismi Korfu oroliga evakuaciya qilindi.

    Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya

    Yevropadagi urush Yaponiya uchun qulay vaziyat tug; dirar edi. Buningnatijasida Yaponiya Germaniyaning Xitoydagi va Tinch okeanidagimustamlakalarini bosib oldi.1914 yil Yaponiya Xitoyga qarshi hal qiluvchijangga tayyorlana boshladi.

    ! 914 yil dekabr oyida Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kato yaponsiyosatining mazmunini ommaga anglatish uchun nutq so'zladi. 1914 yil 15avgust kuni Yaponiyaning Germaniyaga qo'ygan ultimatumiga ko'ra Yaponiyao'sha paytda Germaniyaga tegishli bo'lgan Czanchjouni Xitoyga qaytaribberish maqsadida olayotganini malum qilgan edi. Endi esa Kato bu taklif
    Germaniyaga faqat mojaroning tinch yo'l bilan hal qilish umididaqilinganligini takidlaydi. Nemislar bu taklifga ko'nmadilar va "endi
    Czanchjou taqdiri urush tugagandan so'ng hal qilinadigan bo'ldi. Yaponiyahech bir boshqa chet davlat oldida ushbu masala yuzasidan majburiyat olganiyo'q. "[1]

    Umuman olganda Yaponiya Uzoq Sharqda faqat Germaniya yerlari bilancheklanib qolmas edi. Gap butun Xitoyning taqdiri haqida ketayotganedi.1915 yil 18 fevral kuni Xitoy hukumatiga yaponiyaning rasmiy notasijo'natiladi. Unda Yaponiyaning Xitoyga 5 qismdan iborat bo'lgan 21 moddalitalablari joy olgan edi.

    Talablarning birinchi guruxi Shandunni Germaniya tasir doirasidan
    Yaponiya tasir doirasiga aylantirishni ko'zda tutar edi. Bu guruxtalablarning eng muximida shunday deyilardi: "Xitoy hukumati Shandunprovinciyasi borasida Yaponiya va Germaniya qandat qarorga kelishidanqat'iy nazar ilgari Germaniya bilan tuzilgan kelishuvlar, shartnomalarsababli hamma shartlarga to'la rozilik berish majburiyatini oladi.

    Talablarning ikkinchi guruxi esa Shandun provinciyasi boshiga tushgantaqdirni sharqiy Mo'g'uliston, Janibiy Manjuriya boshiga solishni nazardatutar edi. Port-Artur, Janibiy Manjuriya va Andun-Mukden temir yo'llariningijaraga olish muddati yana 99 yilga cho'zilishi ko'zda tutilgan edi. Undantashqari yapon fuqarolari Janubiy Manjuriya va Sharqiy Mo'g'ulistondayangi yerlar sotib olish, ushbu hududlarga erkin ko'chib kelish va uyerlarda sanoat, savdo-sotiq va boshqa sohalar bilan shug'ullanish huquqiniolar edilar. Xitoyga tog'-kon sanoatida Yaponiyaga koncessiyalar berishtaklif qilingandi. Bundan tashqari Xitoy Yaponiyaning roziligisiz ushbuhududlarda temir yo'llar qurilishi bo'yicha boshqa davlatlargakoncessiyalar bermaslik majburiyatini olishi kerak edi.va nixoyat Xitoy
    Yaponiyaga Girin - Chanchun temir yo'lini nazorat qilish va boshqarishnitopshirishi kerak edi.

    Uchinchi gurux talablar esa asosan Xitoydagi yapon korxonalariga kattaimtiyozlar berilishiga qaratilgan edi. Unda asosan Xanyepin kompaniyasi,ko'mir-metallurgiya kombinatini aralash xitoy-yapon jamiyatigaaylantirish mo'ljallangan edi. Yaponiyaning roziligisiz Xitoy o'ztashabbisi bilan bu kompaniyaga berilgan haq-huquqular va mol-mulkdanfoydalanoshi taqiqlanadi va ushbu vakolat Yaponiya uchun 2007 yilgachaberilishi kerak edi.Xanyonin kompaniyasiga uning korxonalari atrofidajoylashgan tog'-kon resurslaridan foydalanishga monopol huquq berilgan edi.

    To'rtinchi gurux talablarda oldingi talablarning kafolati tarzida
    Xitoyning hududiy yaxlitligini taminlash haqida gap borar edi. Aslida esabu Yaponiyaning Xitoyda gegemonligini taminlashiga qaratilgan tadbir edi.

    Lekin eng qiyin talablar beshinchi gurux talablar edi.Ushbutalablarning qabul qilinishi Xitoyning Yaponiya protektoratini qabulqilishni anglatardi.ulkardan asosiylari quyidagilar: "1-modda. Xitoyhukumati muhim iqtisodiy, siyosiy va harbiy ishlar bo'yicha yaponmutaxasislarini maslahatchi tarzida taklif qiladilar. "3-modda." Xitoyningmarkaziy joylarida policiya yaponlar va xitoylar tomonidan boshqarilishiyoki u yerda policiyachilar asosan yaponlardan iborat bo'lishi kerak. "4 --modda. "Xitoy Yaponiyadan Xitoy hukumatiga kerak bo'lgan malum miqdordagiqurol-aslaha sotib oladi (umumiy talabning 50% miqdorida) yoki Xitoyningo'zida yapon-xitoy arsenali yaratiladi.Bu maqsadda Yaponiyadan texnikekspertlar taklif qilinishi va yapon materiallari sotib olinishi mumkin. "
    Huddi shu yerda Xitoyning Fuczyan provinciyasini yapon tasir doirasigakiritishni nazarda tutgan modda bor edi.Ushbu provinciya juda qulaygeostrategik nuqtada joylashgan bo'lib, Yaponiyaning Gonkong va Filippinnisusaytirish uchun yaxshi imkoniyat yaratar edi.Undan tashqari yaponfuqarolari missionerlik faoliyati bilan shug'ullanish erkinligini beruvchimodda ham bor edi.Agar Yaponiyaning 21 modda talablari malgam oshsa, Xitoy
    Yaponiyaga to'la ravishda bo'ysundirilar edi.

    AQSh Yaponiyaning Xitoydagi harakatlarini cheklashga harakat qildi.
    Shu maqsadda AQSh Xitoyga diplomatik yordam ko'rsatdi. 1915 yil mart oyida
    AQSh davlat kotibi Brayan Yaponiya hukumatiga uning Xitoyga nisbatanqo'yilgan talablarga qarshiligi haqida nota yubordi.

    Yuan Shikay hukumati yapon hukumatiga o'z javobini aytishga shoshilmasedi.Buning sababi o'laroq Yaponiya Shandun, Manchjuriya va bir qatorjoylarda o'z qo'shinlarini kuchaytirdi.

    Xitoy esa qolaversa Yaponiyaning Czyanchouni qaytarishini va kelgusiyapon-german muzokaralarida xitoyning ham ishtirok etishini so'radi. Buningjavobi tarzida 1915 yil 7 may kuni Yaponiyaning Xitoyga nisbatanultimatumi e'lon qilindi.Unga ko'ra agar Xitoy Yaponiya qo'ygantalablarga rozi bo'lmasa, unda Yaponiya o'zi joiz deb bilgan istalganchorani qo'llashini aytdi. Ammo Amerikaning aralashuvidan hadiksirab
    Yaponiya beshinchi gurux talablaridan voz kechdi. Faqatgina Funczyanprovinciyasiga aloqador modda qoldirilgan edi.

    AQSh boshqa yirik davlatlarning aralashuvini tashkil etmoqchi bo'ldi.
    Ammo na Angliya, na Rossiya Germaniyaga qarshi urush sharoitida Yaponiyabilan janjallashishni istamas edi. 8 may kuni Xitoy ultimatum shartlariniqabul qildi.

    Oradan bir necha kun o'tmasdan AQSh Tokioga shuni habar qildiki, AQShhukumati Xitoy va Yaponiya o'rtasidagi shartnomani tan olmaydi va ushbushartnoma AQSh manfaatlariga to'gri kelmaydi, qolaversa Xitodagi hammamillatlar haq-huquqlarini poymol etadi.Ammo AQSh amalda Xitoyga yordamberish uchun hech qanday choralar qo'llamadi.

    Birinchi jahon urushining yakunlanishi

    Rossiyada fevral inqilobi oqibatida bu davlat urushdan chiqishga majburbo'ldi. Buning uchun 1918 yil 3 martda Brest-Litovsk shaxrida Germaniyabilan tinchlik shartnomasi imzolandi.Brest-Litovskdagi shartnoma Antantamavqeini anchagina kuchsizlantirdi. Germaniya bundan foydalanib halqiluvchi zarba berishga ahd qildi.1916 yildan boshlab Germaniya Sharqiy
    Yevropani o'z nazorati ostiga olgan, uning barcha boyliklari, ayniqsa, oziq -ovqatidan foydalanish, o'zining barcha qurolli kuchlarini g'arbiy frontdato'plashga erishgan edi.Jang deyarli 4 yildan buyon davom etar,tomonlarning hech qaysisi hal qiluvchi muvaffaqiyyatga erisha olmagan edi.
    Front chizig'ining har ikki tomonida qazilgan handaklar Belgiyasoxillaridagi Nyu-Port shaxridan Ipr, Arras, Albert, Suasson, Reyms va
    Verdengacha cho'zilgan edi.Ko 'plab qurbonlar berilishi va zaharlovchimoddalar hamda tanklar singari yangi qurol turlaridan foydalanishgaqaramay, urushayotgan tomonlarning muvaffaqqiyat qozonish uchun jon -jaxdlari bilan qilgan harakatlari hech bir natija bermadi.

    Germaniya qo'mondonligi jangni g'olibona ta'sirchan zarba bilanyakunlashga qaror qildi. 1918 yil aprel oyida nemis qo'shinlari Antantamavqelariga kuchli hujum boshladi. Dastlab ular muvaffaqiyatli hamla qilib,
    Antanta qo'shinlari mudofaasini yorib o'tdilar va Marna daryosi sohillarigachiqdilar. Uzoqqa otadigan to'plar bilan Parijni o'qaa tutdilar. Ammomuvaffaqiyatni mustahkamlash uchun Germaniya yetarli zaxira topaolmadi.Mamlakat holdan toygan, armayaning harbiy ruhi cho'kkan, xalqurushdan charchagan edi. Ayni paytda Antanta AQSh dan to'xtovsiz yordamolib turardi. AQSh "shartnomaga qo'shilgan mamlakat" sifatida 1917 yilaprel oyida urushga kirgan edi.Germaniya endi hujum qilishdan ojiz ekanligima'lum bo'lib qolgach, Antanta mamlakatlari barcha frontlarda hujumgao'tadilar va nemis qo'shinlari bosib olgan Belgiya va Franciya hududidansiqib chiqara boshladilar.

    Antanta davlatlarining hujumi 1918 yil avgust oyida boshhlandi.
    Germaniyaning g'arbdagi fronti yorib o'tildi va Antanta qo'shinlari uchun
    Germaniya hududiga yo'l ochildi.Bolqonda, Saloniki shahri yaqinlaridaittifoqchilarning ko'p millatli ekspediciya korpusi bolgar qo'shinlarimudofaa chiziq'ini yorib o'tdi va oktyabrda Dunay soxillarigachiqdi.Avstriya qo'shinlari Vitoriyo Veneto yaqinida 1918 yil sentyabridamag'lubiyatga uchradilar. Germaniya boshchiligidagi To'rtlat ittifoqiharbiy jihatdan mag'lub bo'lib, tarqalib ketdi.

    Germaniya oliy qo'mondonligi shundan keyen mag'lubiyatdan qochibqutulolmasligini anglab yetdi. Amalda butun hokimiyatni o'z qo'lida tutgan
    Germaniya bosh shtabi boshlig'i general E. Lyudendorf Germaniyaning harbiymag'lubiyatini tan olmagan holda faxrli tinchlik bitimini imzolashyo'llarini qidira boshladi. Kelajakda mag'lubiyat mas'uliyati harbiylarga,armiya va generallarga emas, balki Germaniya armiyasini saqlab qolish uchunbu ishni hal qilishga hozir bo'lgan fuqaro shaxslar, diplomatlar vaamaldorlar zimmasiga tushishi uchun tezda sulx tuzulishini talab qilmoqdaedi. Ammo ittifoqchilar, birinchi navbatda AQSH prezidenti Vudro Vilsonmuzokaralarni faqat Germaniya demokratik hukumati vakillari bilan olibborishlari mumkinligini aytib, kayzer Vilgelm hukumati bilan bitim tuzishtaklifini qat'iyan rad etdilar. Lyudendorf ittifoqchilarning bu taklifiniqabul qilinishini va darhol demokratik asosda yangi hukumat tuzishniyo'qlab chiqdi.1918 yil oktabyirida shaxzoda Maks Badenskiy hukumatituzildi.U Germaniya xalqi nomidan muzokara olib borishi kerak edi.Ammo
    Antanta mamlakatlari hukumatlari buni qabul qilmadi, chunki u kayzerningavtoritar tartiboti vakili edi.

    Bu orada Antanta qo'shinlari barcha frontlarda hujumni kuchaytirdilarva Germaniya ittifoqchilari birin-ketin taslim bo'la boshladi.

    1918 yil 4 oktyabr kuni Chexiya va Slovakiya Avstro-Vengriya tarkibidanajralib chiqdi hamda mustaqil Chexoslavakiya davlati tuzilganinin e'lonqilindi.

    28 oktyabrda Serb, horvat va slovenlar qirolligi tuzilganligi e'lonqilindi. (1918 yildan boshlab Yugoslaviya qirolligi). Shimoliy Bukovina
    Ukrainaga, Galiciya Polshaga qo'shliganligini bildirdi

    31 oktyabrda Avstriya va Vengriyada monarxiyalar ag'darib tashlandihamda Avstriya va Vengriya respublikalari tuzildi. Ular Antantamamlakatlari taklif etgan yarashuv shartlarini qabul qildilar.

    1918 yil 29 sentyabrda Bolgariya, 30 oktyabrda Turkiya, 3 noyabrda
    Avstro-Vengriya taslin bo'ldi .30 oktyabrda Turkiya imzolagan tarashuvbitimiga ko'ra, uning qo'shinlari arab mamlakatlaridan olib chiqilishi,turk armiyasi qurolsizlanishi, flot ingliz va francuz boshqaruvi ostigao'tishi lozim edi.

    1918 yil 30 sentyabr kuni Germaniya hukumati AQSh ga yarashuv bitiminiimzolash taklifi bilan murojaat qildi. Ayni paytda qo'shinlar qo'mondonligi
    Mamlakat harbiy axvolini yaxshilash uchun yirik dengiz operaciyasiniboshlash haqida qaror qabulk qildi. 30 oktyabrda Germaniya harbiy eskadrasi

    1918 yil 9 noyabr kuni Germaniyada respublika e'lon qilindi.Oradan ikkikun o'tgach, 1918 yil 11 noyabr kuni Parij yaqinidagi Kompyen o'rmonida,
    Yevropadagi Antanta qo'shinlari bosh qo'mondoni francuz marshali Foshningvagon qarorgohida Germaniya hay'ati o'z hukumati nomidan yarashuv haqidagi,amalda Germaniyaning mag'lubiyati borasidagi bitimni imzoladi.

    Xulosa

    Birinchi jahon urushi mobaynida xalqaro munosabatlar asosanurushayotgan mamlakatlar o'rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi va har birdavlatning hoh u yirik bo'lsin, hoh u kichik urush paytida vujudga kelganba'zi bir qulay vaziyatlardan foydalanib qolish bilan asoslanadi.Urushdavomida va ungacha bo'lgan paytda asosan ikki blok Antanta va Germaniyaboshchiligidagi blokning o'zlariga ittifoqchilar axtarish, urushningborishini o'z foydalariga hal qilish uchun kurash boradi.Ammo voqealarqanday rivojlanishidan qatiy nazar birinchi jahon urushida hech birurushyotgan davlat aytarli yutuqqa erishmadi.Bu urushda bevosita 36 davlatqatnashib, ularning urushga jalb etgan inson resurslari 70 milliondanoshdi.Qurbon bo'lganlar va yaralanganlar soni esa 18 million kishinitashkil etdi.

    Foydalangan adabiyotlar

    1. "1914 yil 1 avgust", Yakovlev N. N., Moskva, Fargus.

    2. "Yangi va eng yangi tarix", Popov E. I., Moskva.

    3. Yevropa tarixi, Koll. avtorov., M. ,1986-1996

    4. Eng yangi tarix XX asr, Kreder AA, M., 1996

    5. Jahon tarixi-eng yangi davr, 1 qism, G.A. Hidoyatov, T., 2000
    -----------------------< br>[1] "Mejdunarodniyi otniosheniya ...", seriya iii, t.VI, ch. 11,25 b.


         
     
         
    Реферат Банк
     
    Рефераты
     
    Бесплатные рефераты
     

     

     

     

     

     

     

     
     
     
      Все права защищены. Reff.net.ua - українські реферати ! DMCA.com Protection Status